Argentinalik futbolchi Lionel Messi FIFAning 2023-yildagi eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Messi ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta, umumiy uchinchi marta loyiq ko‘rildi. U to‘plangan ovozlar bo‘yicha Erling Holand va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.
“Inter Mayami” va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zining sakkizinchi “Oltin to‘p”ini qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasida yilning eng yaxshi futbolchi deb esa “Barselona” yarim himoyachisi Aytana Bonmati topildi.
FIFA 2022-yilning eng yaxshilarini taqdirladi: Lionel Messi eng yaxshi futbolchi, Emiliano Martines eng yaxshi darvozabon, Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy bo‘ldi. Ularning barchasi 2022-yilda jahon chempioni bo‘lgan Argentina terma jamoasi a’zolaridir.
«PSJ» ning to‘rt nafar futbolchisi — Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bityumazala koronavirusga chalindi. Ular navbatdagi bir nechta uchrashuvlarni o‘tkazib yuboradi.
«PSJ» va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi yettinchi «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi. «Bavariya» va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski esa yilning eng yaxshi hujumchisi sifatida e’tirof etildi.
«Barselona»ning sobiq o‘yinisi Lionel Messi 2+1 sxemasi bo‘yicha «Pari Sen-Jermen» bilan shartnoma imzoladi.
Argentinalik futbolchi Lionel Messi klubi «Barselona» bilan shartnomani uzaytirmagan bo‘ldi. Messining «Barselona»ni tark etishiga moliyaviy va boshqa muammolar sabab bo‘lganligi aytildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting